Izlash

31-oktabr kuni Farg‘ona politexnika instituti rahbariyati va Yaponiya delegatsiyasi Fergana Global Textile korxonasiga tashrif buyurishdi

Kecha, 31-oktabr kuni Farg‘ona politexnika instituti rahbariyati va Yaponiya delegatsiyasi “Fergana Global Textile” korxonasiga tashrif buyurishdi.

Farg‘ona politexnika instituti tashabbusi bilan Yaponiyaning Willtec Co. Ltd. kopmaniyasi prezidenti va Nippondo Co.,Ltd vakillari Fergana Global Textile to‘qimachilik majmuasida bo‘ldilar.

Farg‘ona politexnika instituti rahbariyati O‘zbekiston yengil sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri shiddat bilan rivojlanayotganini Global Textile korxonalari misolida ko‘rsatish uchun mehmonlarni majmua sari boshlab keldi.

Tashrif yakunida martabali mehmonlar to‘qimachilik sohasida tajriba almashish, kadrlar va malaka oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik olib borishga qiziqish bildirishdi.

 31-oktabr kuni Farg‘ona politexnika instituti rahbariyati va Yaponiya delegatsiyasi Fergana Global Textile korxonasiga tashrif buyurishdi