5 tuman – bitta maqsad
Kecha Global Textile’ning agro yo‘nalishidagi faoliyati bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat darajasidagi barcha tegishli xizmatlar ishtirok etdi. Shu bilan birga, Toshkent viloyatining besh tumanidagi hamkor tashkilotlar — hokimliklar, banklar, soliq va yer tuzish organlari, suv xo‘jaligi, energetika va boshqa muhim tuzilmalar — uchrashuvga onlayn tarzda qo‘shildi.
Uchrashuv davomida hozirgi holat tahlil qilindi: qanday natijalarga erishildi, nimaga e’tibor qaratish kerak va ish jarayonini qanday qilib tezroq va samaraliroq yo‘lga qo‘yish mumkinligi muhokama qilindi. Shuningdek, mahalliy davlat organlarining bu jarayonda qanday rol o‘ynashi mumkinligi yuzasidan fikr almashildi.
Kompaniyamiz rahbari Muzaffar Razakov Toshkent viloyati hokimi bilan ochiq muloqot olib bordi va bir nechta dolzarb masalalar bo‘yicha keyingi harakatlarni kelishib oldi.
Global Textile jamoasi nomidan hokim Zoir Toirovichga uchrashuvda shaxsan qatnashgani va joylardagi masalalarga chuqur e’tibor qaratgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. U klasterimiz faoliyat yuritayotgan har bir tuman bilan shaxsan uchrashib, barcha tomonlarni tinglamoqda.
Bunday muloqotlar juda muhim. Ular orqali biz o‘rganamiz, hamkorlikni mustahkamlab boramiz va birgalikda haqiqiy natijalarga erishamiz. Navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.