Izlash

"Biz sizga qaytadan qo'ng'iroq qilamiz..." — bu gap yuragingizni sovitadi.

03/12/2024

"Biz sizga qaytadan qo'ng'iroq qilamiz..." — bu gap yuragingizni sovitadi.

Siz suhbatyaxshi o'tmaganini sezishingiz mumkin. Ehtimol, ishonchingiz yetishmagandir, javoblar yodlab olingandir yoki kuchli tomonlaringizni ajratib ololmagandirsiz. Bu ibora ko‘pincha xushmuomalalik bilan rad javobi sifatida eshitiladi. Bordi-yu, hammasi boshqacha tugashi mumkin bo‘lsa-chi?

Bugun Global Textile sinovdan o‘tgan maslahatlar bilan o‘rtoqlashadi:

  1. Hayratda qoldiring. O'zingiz haqingizda professional hayotingiz bilan bog'liq qiziqarli fakt bilan boshlang. Bu sizga ajralib turish va esda qolishga yordam beradi. Qiziqarli loyiha bo‘ladimi yoki muammoni hal qilishda noodatiy yondashuv bo‘ladimi - bu yorqin taassurot yaratishga yordam beradi.

  2. Tayyorlaniboling.Kompaniya tarixi va uning qadriyatlarini o‘rganing. Kompaniyaning missiyasi va maqsadlarini tushunish sizga aniqroq moslashishga va ish beruvchi uchun nima muhimligi haqida gapirishga yordam beradi. Bu sizning qiziqishingiz va jamoaning bir qismi bo‘lishga tayyorligingizni ko‘rsatadi.

  3. Savollar bering.Suhbat nafaqat siz haqingizda, balki kompaniya haqida ham ekanligiga ishonch hosil qiling. Jamoa oldida qanday muammolar turganini yoki xodimlarda qanday sifatlar ko‘proq qadrlanishini so‘rang. Bu savollar uzoq muddatli hamkorlikka qiziqishingizni ko‘rsatadi va bir-biringizga qanchalik mos ekanligingizni tushunishga yordam beradi.

Rasmiy shablonlardan voz keching. O'zligingizni yoqotmmang, tayyorlanib keling, vashunda hech qanday "biz sizga qayta qo‘ng‘iroq qilamiz" hikoyangiz bo‘lmaydi.