Izlash

Boshida qo‘rqinchli edi. Keyin qiziqarli va faxrli bo'ldi.

02/07/2025

Bizning yosh xodimamiz uchun Global Textile birinchi ish joyi bo‘ldi.
Zulayho qizimiz tikuv sexiga birinchi marta kelganida u umuman tikishni bilmasdi. Hatto tikuv mashinalari qanday ishlashini ham tushunmasdi va, o‘zining aytishicha, ulardan biroz qo‘rqardi.

Ammo aynan shu yerda u birinchi ustozini uchratdi, birinchi maoshini oldi va ish tajribasini to‘pladi.
Bugun u o‘z ishiga ishonch bilan yondashmoqda, o‘sishda davom etmoqda va bu yo‘lda uni qo‘llab-quvvatlagan, sabr bilan o‘rgatgan mehribon jamoaga chuqur minnatdor.

Global Textile — bu orzular boshlanadigan joy. Ko‘pchilik bu yerda o‘z yo‘lini mutlaqo yangi sahifadan boshlaydi.
Chunki istak, bilim va ko‘mak bor joyda imkonsiz narsa yo‘q!