Bug’doydan keyin — yana paxtami?
31/07/2025

Surxondaryoda bug’doy yig‘ib olingach, darhol paxta qayta ekildi. Bu biror tajriba yoki improvizatsiya emas — bu aniq hisob-kitob va puxta agrotexnik rejaning natijasi. Yer tayyorlashdan tortib, ekish muddatigacha hammasi oldindan rejalashtirilgan edi.
Oradan bir oydan biroz ko‘proq vaqt o‘tib, paxta allaqachon faol gullash bosqichiga yetdi. Hatto tajribali agronomlarimiz ham bunday barqaror va jadal o‘sishni kutishmagandi. Janubiy iqlim, aniq reja va agrotexnikadagi intizom o‘z samarasini bermoqda.
Eksperiment aynan reja asosida davom etyapti. Ishonch bilan aytamiz — shu yerda, bir mavsum ichida ikkinchi paxta hosilini to‘liq olamiz. Bu — puxta o‘ylangan, har bir detali hisoblangan strategiya bo‘lib, u allaqachon natijasini bera boshlagan.
Global Textile esa yana o‘ziga xos yondashuvi bilan ajralib turibdi: boshqalar hali o‘ylayotgan bir paytda, biz natija yetishtiryapmiz.