Izlash

Global Textile kompaniyalar guruhining Farg‘onadagi korxonalariga tashrif buyurdi

Global Textile kompaniyalar guruhining Farg‘onadagi korxonalariga tashrif buyurdi

O‘tgan yilning kuzida AQShning O‘zbekistondagi muhtor elchisi Deniyel Rozenblyum Fergana Global Textile ga tashrif buyurgandi. Oradan bir yil o‘tib, AQShning qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillarining tashriflari ham amalga oshdi. Avvalgi tashrifda janob D.Rozenblyum O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga qiziqish bildirib, kompaniyada olib borilayotgan ishlarning ko‘lami, undagi innovatsion yondashuv, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi tizimlarni yo‘lga qo‘yilganligi taxsinga sazovor dadil qadamlar ekanligini taʼkidlagandi.

Bu safargi tashrif ham tanishtirish bilan boshlandi, mehmonlar uchun loyiha menedjerimiz Sardor Inoyatov prezentatsiya shaklida paxta-to‘qimachilik klasteri va vertikal integratsiya haqida maʼlumotlarni berdi. Shuningdek, tashrif davomida delegatsiya aʼzolari bir qator o'z savollarini ham berishdi, xususan, hududdagi paxta yetishtirish va uni ishlab chiqarish, suv bilan taʼminlash hamda fermerlar bilan aloqalar qay tarzda yo‘lga qo‘yilganligi bilan qiziqishdi. 

Innovatsion korxonlar bo‘ylab bu galgi ekskursiya mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘lga kiritayotgan katta yutuqlarni chet ellik mehmonlarni ham xabardor qilishda hissamiz tegayotganligidan xursandmiz.

Global Textile kompaniyalar guruhining Farg‘onadagi korxonalariga tashrif buyurdi