Izlash

Global Textile’da yangi xodim bo‘lish qiyinmi?

Yangi kompaniyada ish boshlash – ochiq okeanga tushib qolishdek: ko‘p ma’lumot, yangi hamkasblar, notanish jarayonlar. Bu yo‘lni oson va ishonchli qilish uchun Global Textile HR jamoasi yangi xodimlar uchun "Salom" treningini o‘tkazadi.

Trening davomida ishtirokchilar Global Textile’ning tarixi va missiyasi bilan tanishadilar, korporativ madaniyat va asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot oladilar. Har bir xodim uchun yaratilgan o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari haqida bilib, jamoaviy hamkorlik orqali qanday qilib kuchli va birdam jamoa shakllantirilishini tushunib yetadilar.

"Salom" – bu Global Textile’da muvaffaqiyatli va samarali ish faoliyatining birinchi qadami. Chunki umumiy maqsad va qadriyatlarni tushunish bizni oldinga yetaklaydi va yangi yutuqlarga erishishimizga yordam beradi!