Hech qachon urfdan chiqmaydigan yo‘l-yo‘l naqsh

Ba'zi trendlar bir mavsumning o‘zidayoq yo‘qoladi, boshqalari esa o‘nlab yillar davomida dolzarbligini saqlab qoladi. Gorizontal yo‘l-yo‘l naqsh allaqachon klassikaga aylangan bo‘lib, bugungi kunda yana dunyoning yetakchi brendlari kolleksiyalarida o‘z o‘rnini egallamoqda.

Global Textile kompaniyasida yo‘l-yo‘l naqshli yangi trikotaj mato ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Naqsh to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qish jarayonida hosil qilinadi va mato tuzilishining ajralmas qismiga aylanadi. Shu tufayli yo‘llar o‘zining aniq ko‘rinishi va yorqin rangini saqlab qoladi, tayyor mahsulotlar esa ko‘p marotaba yuvilgandan keyin ham chiroyli ko‘rinishini yo‘qotmaydi.

Mato tanaga yoqimli, havoni yaxshi o‘tkazadi va deyarli g‘ijimlanmaydi. U yozgi va mavsumlararo kolleksiyalar uchun juda mos bo‘lib, turli modellarni yagona uslubda yaratish imkonini beradi.

Ushbu mato asosida futbolkalar, polo futbolkalar, maykalar, toplar, longslivlar, kardiganlar, ko‘ylaklar hamda family look to‘plamlarini yaratish mumkin. Bularning barchasi o‘ziga xos dizayn va kundalik foydalanishdagi qulaylikni uyg‘unlashtiradi.

Yangi trikotaj mato allaqachon Global Textile assortimentidan o‘rin oldi. Klassik yo‘l-yo‘l naqsh, zamonaviy ishlab chiqarish imkoniyatlari va kelajakdagi kolleksiyalar uchun o‘nlab yangi g‘oyalar — bularning barchasi bitta matoda mujassam.