Izlash

"Intertmato 2025" koʻrgazmasiga taklif qilamiz

19/02/2025

"Intertmato 2025" koʻrgazmasiga taklif qilamiz

Hurmatli hamkorlar va kasbdoshlar!

Sizga Global Textile kompaniyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan "Intermato2025" xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishi haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz. Bizning stendimizda Global Textile'ning yangi ishlanmalari, ilg‘or texnologiyalari va kengaytirilgan imkoniyatlari bilan bo‘lishamiz.

Mazkur koʻrgazma to‘qimachilik sanoatining eng yirik maydonchalaridan biri bo‘lib, u yerda sohadagi eng so‘nggi trendlar va innovatsiyalar namoyish etiladi. Yetakchi ishlab chiqaruvchilar, ekspertlar va hamkorlar sanoatning rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish va yangi hamkorlik imkoniyatlarini izlash uchun shu yerda to‘planishadi.

???? Bizning stend: №1D02, VAVILOV zali
???? Manzil: Moskva shahri, Timiryazev Markazi ko‘rgazma majmuasi
???? Sana: 12-14 mart, 2025 yil

Siz bilan uchrashish va istiqbolli hamkorlikni muhokama qilishdan mamnun bo‘lamiz!