Izlash

IV Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi yakunlarini sizlar bilan baham ko‘rishda davom etamiz.

11/06/2025

IV Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi yakunlarini sizlar bilan baham ko‘rishda davom etamiz.

To‘qimachilik sohasi va yetkazib berish zanjirlariga bag‘ishlangan panel sessiyasida Muzaffar Razakov Global Textile kompaniyasining amaliy tajribasi haqida so‘z yuritdi: paxtadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni to‘liq nazorat qilish imkonini beruvchi klaster modeli, shuningdek, agrosohadagi mahalliy yechimlar global barqarorlik chaqiriqlariga qanday javob bera olayotgani haqida gapirdi.

Sessiyada, shuningdek, XMT tomonidan rasmiy e’tirof etilgan islohotlarga qaramay, O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar hali ham duch kelayotgan obro‘ xavflari alohida ta’kidlandi. Logistika va eksport yo‘llarining zaifligi masalalari ham muhokama qilindi.

Suhbat ochiq va mazmunli bo‘ldi — sifat, shaffoflik va uzoq muddatli hamkorlikka yo‘naltirilgan tizimni qanday qurish mumkinligi bo‘yicha aniq misollar keltirildi.