Izlash

Kelajak agrosanoatiga yoʻl ochuvchi hamkorlik

Global Textile Toshkent davlat agrar universiteti bilan, rektor Narzullo Naimovich boshchiligida, memorandum imzoladi. Bu kelajakda taʼlim va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Mazkur memorandum doirasida talabalar kompaniyamizning agrosanoat klasterlarida amaliyot o‘tash, diplom ishlarini tayyorlash, jarayonlarni bevosita kuzatish va real tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ladi. Buning barobarida, biz ham bo‘lajak mutaxassislar bilan ishlash orqali yangicha qarashlarga ega bo‘lamiz, zamonaviy texnologiyalar va agro sohadagi innovatsiyalar bilan tanishamiz.

Global Textile jamoasi nomidan rektor Narzullo Naimovichga uchrashuvda shaxsan ishtirok etgani, ochiqligi va hamkorlikka bo‘lgan yondashuvi uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. U universitetning barcha tashabbuslarini shaxsan tanishtirdi va faol hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

Bu memorandum — yangi avlod agro soha mutaxassislarini birgalikda tayyorlash va rivojlantirish sari tashlangan real qadamdir.