Kelajak yetakchilari — bugundan safda.
08/05/2025



Global Textile tomonidan tashkil etilgan “Yangi yetakchilar maktabi” o‘z yakuniga yetdi. So‘nggi dars ham ortda qoldi — ishtirokchilar diplom lentasini olib, o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlashdi.
Bu yo‘l davomida ular o‘z ustida ishladi, fikrlash doirasini kengaytirdi, qaror qabul qilish va jamoa bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirdi.
Endilikda bizda oldinga yurishga, javobgarlikni zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan kuchli jamoa bor. Bitiruvchilarimizni tabriklaymiz — ularni oldinda yangi marralar kutmoqda, va biz ishonamiz: ular bu yo‘lga tayyor.