"Oʻzbekiston paxta guli yurti" Muzafar Razakov intervyusi
14/07/2025

Asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida yashnab kelgan O‘zbekiston bugun paxta tolasi bilan uyg‘un hayot ritmida yashaydi. Bu yerda paxtani "oq oltin" deb atashadi.
Uning nozik guli har yerda — san’atda ham, kundalik hayotda ham uchraydi.
Paxta terimi esa millionlab insonlarning hayotida chuqur iz qoldirgan.
So‘nggi yillarda paxta mamlakat uchun yanada barqaror va insonparvar yo‘llarni ochib berdi.
Mas’uliyatli paxta uchun
1 kilogramm paxta tolasi — bu beshta futbolka.
Global Textile rahbari Muzaffar Razakov doimo eslatib turadi: bitta futbolka tayyorlash uchun 13–14 oy vaqt ketadi — "urug‘dan tortib kiyimgacha. Shunda biz bu jarayon qanchalik mehnat talab qilishini tushunamiz... va kiyimimizga boshqacha qaraymiz."
U, shuningdek, o‘tgan davr ta’siri haqida ham gapiradi. O‘sha vaqtlarda paxta yetishtirish davlat uchun shunchalik ustuvor bo‘lganki, ishlatilayotgan vositalar haqida deyarli o‘ylab ko‘rilmagan. Bu esa paxta suvni juda ko‘p talab qilgani sababli, deyarli Arol dengizining yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan.
"Bu — O‘zbekistondagi eng muhim muammolardan biri. Biz, xususiy kompaniyalar, suvni tejash va hosildorlikni oshirishga investitsiya kiritmoqdamiz, va bu xarajatlarning yarmi davlat tomonidan qoplanadi."
Muzaffar bu loyihalar arzon emasligini yashirmaydi. Lekin u ishonadi: mamlakat va paxta sohasi barqaror kelajakka ega bo‘lishi uchun bu ishlar shart.
U bolaligidan sohaga yaqin bo’lgan, otasi muhandis-to‘qimachi bo‘lgan, shu bilan birga o‘qituvchilik qilgan. Muzaffar esa doim o‘z kompaniyasiga ega bo‘lishni orzu qilgan. Hayotida burilish yasagan voqea esa yuqori lavozimdagi bir tanishining qo‘llab-quvvatlovchi gapi bo‘lgan: “U menga kengroq qarashni o‘rgatdi.”
“Bu bir zanjirli reaktsiya edi: natijalarni ko‘rasan — va bu seni yanada ilgarilashga ruhlantiradi,” — deydi Muzaffar.
Hayotida burilish yasagan voqea — yuqori lavozimda ishlovchi tanishining ilhomlantiruvchi gapi bo ‘lgan. "U meni kengroq fikrlashga undadi."
"Bu zanjirli reaksiya kabi edi: yutuqlarga erishganingni ko‘rasan — va bu ichingda yangi energiya uyg‘otadi, oldinga intilishga kuch beradi," — deydi Muzaffar.
Qozonilgan mustaqillik
O‘zbekiston boshidan kechirgan keskin burilish 2016-yildan — Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgan davrdan boshlanadi. Hukumat butun paxta hosilini o‘zida qayta ishlash, undan ip, mato va tayyor kiyim ishlab chiqarish vazifasini qo‘ygan va bu yo‘lda xususiy sektor rivojini qo‘llab-quvvatlashga kirishgan.
Aynan shu siyosat Muzaffar Razakovning kompaniyasiga o‘sish imkonini berdi — kichik konsalting xizmatidan boshlab, u bugunga kelib mamlakatdagi eng yirik sanoat guruhlaridan biriga aylandi. Human House’ga yaqin mahallalarda joylashgan Global Textile binosi keng prospektga qaragan. Muzaffar meni o‘z ofisida kutib oldi. Choy esa bu yerda juda odatiy holga aylangan chinni piyolalarda, paxta guli tasviri bilan tortiladi.
Tadbirkor o‘zining birinchi ip yigirish fabrikasini 2015-yilda — katta islohotlar arafasida ochgan.
Bugungi kunda u to‘rtta majmuada faoliyat yuritayotgan 6 500 nafar xodimga rahbarlik qilmoqda.
O‘zbekistonda o‘nlab ip yigiruv fabrikalari paydo bo‘ldi, va hozirda Muzaffarning kompaniyasiga o‘xshash yigirmaga yaqin korxona butun ishlab chiqarish zanjirini to‘liq qamrab olmoqda.
U o‘z bilimlarini agronomiya yo‘nalishida chuqurlashtirish yo‘lini tanladi.
75 000 gektar yerga egalik qiladi — bu Parij shahrining maydonidan 7,5 baravar katta.
Uning yarmi "oq oltin", ya’ni paxta beradi.
Yana yarmi esa bug‘doyga ajratilgan — xodimlarini oziqlantirish uchun yetishtiriladi.
Hammasi juda tez sodir bo‘ldi! Biz buni qanday qilishni bilmasdik. Ammo qo‘rqishga vaqtim yo‘q edi. Endi buni yana takrorlay olaman deb o‘ylamayman..."
O‘zining dalalari va fabrikalari orqali Global Textile ip, xom va bo‘yalgan mato, tayyor kiyim-kechak hamda uy uchun to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi va sotadi.
Biz ochiq bo‘lishimiz kerak. Agar xalqaro hamjamiyat bizni bilsa, bizga ishonadi — va biz o‘zaro ishonch asosida ishlashimiz mumkin.
Yaqinda kompaniya Vashingtonda joylashgan brendlar assotsiatsiyasi — Better Cotton Initiative (BCI) sertifikatiga ega bo‘ldi.
"Biz paxtani haqiqiy 'oq oltin'ga aylantirish uchun juda ko‘p harakat qildik. Ilgari u — qorong‘u paxta edi," — deydi bosh direktor.
Bu yerda u 2016-yilgacha davom etgan paxta yetishtirishning og‘riqli tarixiga ishora qilmoqda.
U o‘sha davrni eslab shunday deydi:
"Men har doim o‘ylardim — nega biz o‘zimiz ishlab chiqara olmaymiz? Nega boshqa davlatlarga xomashyo yetkazib beramiz, holbuki o‘zimizda ishsizlik darajasi yuqori?..
Keyin esa, biz o‘zimizni barcha islohotlar markazida topdik.
Bu jarayon haqida butun bir kitob yozish mumkin."