Izlash

O‘z kelajagingni tanla

9-iyul kuni mamlakatimiz hayotida eng muhim voqealardan biri – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga umumxalq saylovi o‘tkaziladi. 

Aziz hamkasblarimiz, hamkorlarimiz va barcha vatandoshlarimiz, bee’tibor bo‘lmang va o‘z siyosiy faolligingizni ko‘rsating. Saylovda ishtirok etib siz nafaqat o‘z fuqarolik burchingizni bajarasiz, shu bilan birga davlatimizning yaqin yillardagi kelajagi uchun tanlov qilasiz.

Biz ham Prezident saylovida ishtirok etamiz va munosib nomzod – hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tashabbuskori uchun ovoz beramiz. Ushbu islohotlar tufayli ishlab chiqarish klaster tizimi barpo etildi va tekstil to‘qimachilik sohasiga turtki berildi. Biz agrosohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fermerlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarimizning turmush darajasini yaxshilash uchun ovoz beramiz.

Siz ham O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok eting va ongli ravishda tanlov qiling.

O‘z kelajagingni tanla