Izlash

O‘zbekistondan AQShga Global Textile kompaniyalar guruhi vakili bilan rasmiy delegatsiya

Global Textile kompaniyalar guruhi loyiha menejeri Sardor Inoyatov AQShdagi O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi tarkibida.

O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik klasterlari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Sa’dulla Tojiyev boshchiligidagi delegatsiya Silverleave kompaniyasi taklifiga binoan AQShga rasmiy tashrif bilan bordi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi, xususan, paxtachilik sohasida o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, bu borada AQSh tajribasi va yutuqlarini o‘rganishdan iborat. Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston Respublikasining turli viloyatlaridan kelgan paxta-to‘qimachilik klasterlarining boshqa rahbarlari ham mavjud.

Sayohat haqida batafsil ma'lumot olishingiz va ijtimoiy tarmoqlarimizda ko'rishingiz mumkin. Hozirda Sardor Inoyatov Global Textile obunachilari uchun qisqacha hisobot tayyorlamoqda. Yangiliklarni kuzatib boring.

O‘zbekistondan AQShga Global Textile kompaniyalar guruhi vakili bilan rasmiy delegatsiya