Izlash

Organik paxtani terish va qayta ishlash jarayonlarini qanday to‘g‘ri tashkillashtirish kerak?

Aynan shu mavzu ostida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) tomonidan Global Textile bilan birga bizning mutaxassislarimiz uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Ma’ruzachi ta’kidlaganidek, organik paxtani terish, saqlab qolishga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu paxta turi qo‘lda teriladi va uni defoliatsiya qilishda faqatgina organik usullardan foydalaniladi. Organik paxta boshqa paxta turlari bilan aralashib ketmasligi zarur. 

Shuning uchun uni maxsus transport yordamida alohida ajratilgan uchastkalarga joylashtiriladi. Zavoddagi asbob-uskunalar ham xom ashyoni qo‘shishdan oldin yaxshilab tozalaydi.

Tashkiliy ishlarni yuqori darajada o‘tkazish va jarayonlarni puxta nazorat qilish organik paxtani terish, saqlash va qayta ishlab chiqarishda muhim o‘rin tutadi. O‘shanda ishlab chiqarishning yuqori standartlarini ta’minlash mumkin.

Organik paxtani terish va qayta ishlash jarayonlarini qanday to‘g‘ri tashkillashtirish kerak?