Qirg‘iziston delegatsiyasining tashrifi
Bugun Qirgʻiziston Respublikasi Suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi delegatsiyalari Fargʻona shahridagi “Global Textile” korxonalariga tashrif buyurishdi. Mehmonlar paxta-to‘qimachilik klasterimiz modelini amalda ko‘rib, ilg‘or texnologiyalarimiz va ishlab chiqarish uslublarimiz bilan tanishishdi, bu – Prezidentimiz tomonidan to‘qimachilik sanoatida amalga oshirilayotgan dadil islohotlar samarasidir. Paxta yetishtirish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga innovatsion yondashuvlar samarali va barqaror biznes namunasidir.
Tashrif davomida mehmonlar jun ip-kalava va xom-ashyo ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari hamda fermerlar bilan daval asosida ip-kalava va mato ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Delegatsiya vakillari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini ko'rib chiqib, yo‘lga qo‘yilgan jarayonlar va joriy etilgan texnologiyalardan hayratda ekanliklarini bildirdilar.
Biz qirg‘izistonlik hamkasblarimizning qiziqishini juda qadrlaymiz va kelgusida samarali hamkorlikka umid qilamiz.