Izlash

RIETER Textile Machinery treneri Rolf Villen Global Textile Solutions kompaniyasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.

Shveytsariyaning yetakchi to'qimachilik uskunalari ishlab chiqaruvchi Rieter kompaniyasi murabbiyi Rolf Willen, Global Textile Solutions kompaniyasida Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti o'qituvchilari uchun amaliy mashg'ulot o'tkazdi.

Davlatlar o'rtasidagi hukumat kelishuvi doirasida, Rieter bir qator o'quv dasturlarini yo'lga qo'ydi. Birinchi trening To'qimachilik Institutining professor-o'qituvchilari uchun o'tkazildi. Hafta davomida, eshituvchilar o'z Universitetlari devorlarida nazariy bilimlarga ega bo'lib, amaliy dars ko'rinishidagi yakuniy bosqich, Global Textile Solutions korxonasida o'tkazildi.

Ekskursiya paytida, Rolf Willen professor-o'qituvchilarga Rieter kompaniyasining eng zamonaviy uskunalari o'rnatilgan Global Textile Solutions to'qimachilik fabrikasi misolida, ishlab chiqarish jarayonlari, ishlash mexanizmi va jihozlarning imkoniyatlarini tushuntirib o'tdi. 

To'qimachilik sanoati xodimlarining salohiyatini oshirish maqsadida, noyabr oyida to'qimachilik instituti talabalari uchun ham xuddi shunday treninglar o'tkazish rejalashtirilgan. Belgilangan kelishuvga ko'ra, kelajakda ushbu institut uchun bunday treninglar, o'qituvchilar uchun yiliga bir marta va talabalar uchun yiliga ikki marta o'tkaziladi.

RIETER Textile Machinery treneri Rolf Villen Global Textile Solutions kompaniyasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.