Izlash

Target o‘quvchilarining tashrifi

10/03/2026

Target o‘quvchilarining tashrifi

Har qanday katta ish oddiy narsadan boshlanadi.

Ishlab chiqarish xomashyodan, kompaniya esa g‘oya va jamoa bilan boshlanadi. Kelajak kasbiga qiziqish ko‘pincha hammasi amalda qanday ishlashini birinchi marta ko‘rish imkoniyatidan boshlanadi.

Shu sababli biz o‘quvchilarni maktab davridayoq turli yo‘nalishlar va haqiqiy ish jarayonlari bilan tanishtirish muhim deb hisoblaymiz. Bugungi uchrashuvda Target xalqaro maktabi o‘quvchilari bilan Global Textile faoliyati haqida suhbatlashdik. Ularga korxonalarimizda ish qanday tashkil etilganini, faoliyatimiz ortida qancha insonlar va qanday jarayonlar turganini, shuningdek qanday mahsulotlar ishlab chiqarishimizni tushuntirib berdik.

Shuningdek, ishlab chiqarish zanjirimiz nimadan boshlanishini ham batafsil ko‘rsatdik.

O‘quvchilar katta qiziqish bilan tinglashdi va faoliyatimizning turli yo‘nalishlari haqida ko‘plab savollar berishdi. Biz ishonamizki, bunday uchrashuvlar yoshlarning turli sohalarni yaxshiroq tushunishiga va kelajakdagi kasblari haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishiga yordam beradi.