Tezkor. Joyida. O‘z vaqtida.
25/07/2025

Global Textile rahbari Muzaffar Razakov muntazam tarzda hududlarga borib, jarayonlarni shaxsan ko‘zdan kechiradi. Jumladan eng muvaffaqiyatli loyihalarimizdan biri bo‘lgan Surxondaryoga ham.
Hozir paxta mavsumining eng muhim pallasi. Rahbarimiz shaxsan dalalarni aylanib chiqmoqda, agrotexnik jarayonlarni kuzatmoqda, barcha dolzarb masalalarni dehqonlar, pudratchilar, mexanizatorlar va hokimiyat vakillari bilan joyida muhokama qilmoqda. Sug‘orish holatidan tortib yig‘im-terimni rejalashtirishgacha, hammasi nazorat ostida.
To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ishlar va vaqtida qabul qilingan qarorlar mavsumning barqaror va samarali o‘tishining kafolatidir.