Izlash

Uchko‘prikda ijobiy o‘zgarishlar

Bloger va oqsoqollar uchun Uchko'prik Global Textile ga alohida ekskursiya tashkil etildi. Mazkur korxona yiliga 80 ming tonna paxtani qayta ishlash quvvatiga ega zamonaviy zavod bo‘lib, yaqin kunlarda ishga tushurilishi kutilmoqda.

Mehmonlarda zavod xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar va ish joyidagi qulaylik, shuningdek, ishlab chiqarish xavfsizligiga bo‘lgan e’tibor katta taassurot qoldirdi.

Oqsoqollar ta’kidlaganidek, Uchko‘prik Global Textile ning qurilishi tumaning hayotini tubdan o‘zgartiradi. Shu tufayli 400 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari yaratiladi, tumanning infratuzilmasi ancha yaxshilanadi. Korxonalarimiz yaqinida yashovchi odamlar uchun ijobiy o‘zgarishlar ramzi bo‘lish biz uchun muhim.

Uchko‘prikda ijobiy o‘zgarishlar