UZ | Xalqaro tashriflar davom etmoqda
Isroil davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Farg‘onadagi "Global Textile" korxonamizga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida biz mehmonlarga paxta-to‘qimachilik klasterining faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdik, ishlab chiqarish jarayonining asosiy bosqichlari bilan tanishtirdik, shuningdek, sifat nazorati va barqaror ishlab chiqarishdagi yondashuvlarimiz bilan o‘rtoqlashdik.
Kompaniyamiz xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etadi hamda xorijiy diplomatik missiyalar, professional hamjamiyat va sanoat vakillari bilan ochiq muloqotni doim qo‘llab-quvvatlaydi.
Ishimizga bildirilgan e’tibor va O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga bo‘lgan qiziqish uchun minnatdorchilik bildiramiz.