Izlash

Yangi g‘alabalar-yangi ufqlar! USAID Tekstil sohasi rivojiga hissa qo‘shmoqda

Global Textile O‘zbekistonda paxta xomashyosini dastlabki qayta ishlashdan tortib, ip yigirish, to‘qish va bo‘yashgacha bo‘lgan barcha bosqichlardagi sifat ko‘rsatkichini o‘z ichiga olgan nufuzli xalqaro GOTS (Global Organic Textile Standard) sertifikatini qo‘lga kiritdi. USAIDning Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi ko‘magida amalga oshirilgan tashabbus natijasi o‘laroq, Global Textile O‘zbekiston Respublikasida GOTS sertifikatiga ega bo‘lgan ilk kompaniya bo‘ldi.

Ushbu sertifikat xalqaro bozorga chiqish uchun muhim afzallik taqdim etadi. U mahalliy mahsulotning ekologik standartlar va ijtimoiy talablariga qat’iy javob berishini tasdiqlab, hamkorlarga ishlab chiqarishning har bir bosqichida tozalik va mas’uliyatni kafolatlaydi.

GOTS sertifikati tekstil mahsulotlari eksportida yangi marralarni ochadi va Global Textile’ning jahon miqyosidagi ishonchli ta’minotchi sifatida maqomini mustahkamlaydi.