Izlash

Pokistondagi strategiyamiz

30/04/2025

Global Textile kompaniyasida ishonamizki, mustahkam biznes aloqalari aynan shaxsiy muloqot orqali shakllanadi — uchrashuvlar, muzokaralar va sohaviy ko‘rgazmalarda. Bevosita muloqotda tushunish tezroq yuzaga keladi, hamkorlik ishonch asosida rivojlanadi.

Aynan shu yondashuv bilan jamoamiz hozirda Pokistonda — biz uchun istiqbolli bo‘lgan bozorlardan birida. Mavjud strategik va yangi hamkorlar bilan uchrashuvlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilish, rejalar bilan o‘rtoqlashish va o‘sish nuqtalarini aniqlash imkonini bermoqda.

Muhim yo‘nalishlardan biri — logistika. Bugungi kunda eng qisqa va iqtisodiy jihatdan maqbul yo‘l Afg‘oniston orqali o‘tadi. Bu yo‘l bizga Karaсhi porti orqali butun Osiyo mintaqasi bozorlariga chiqish imkonini beradi. Shuning uchun Afg‘onistondagi barqarorlik biz uchun nafaqat mintaqaviy, balki strategik ahamiyatga ega — ishonchli transport yo‘lagi va eksport yo‘nalishlarini kengaytirish asosidir.