Izlash

Yuqori darajadagi qo‘llab-quvvatlash

Global Textile ga nisbatan qiziqish nafaqat O‘zbekistonda, shuningdek, chet elda ham o‘sib bormoqda.

Qirg‘iziston Respublikasi Administratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya Global Textile korxonalarini borib ko‘rdi.

Xorijiy mehmonlar yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayoni, joriy etilgan ilg‘or texnologiyalar, mahsulot sifati ustidan laboratoriya monitoringini olib borish darajasi hamda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib,  katta taassurotlarga ega bo‘ldi, keng miqyosdagi loyihalarning xususiy biznes tomonidan amalga oshirilayotganligidan hayratlandi.

Uchrashuv natijalari bo‘yicha bizga qo‘shni respublikaga tashrif buyurishni taklif qilishdi. Qirg‘izistonliklar  loyihani birgalikda amalga oshirishga qiziqish ko‘rsatib, uni hayotga tatbiq etishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Istiqbollar o‘ta porloq. Mazkur yo‘nalishda hamkorlik olib borish masalalarini ko‘rib chiqyapmiz.

Yuqori darajadagi qo‘llab-quvvatlash