To‘qimachilik sanoatida ayollarning roli
Zamonaviy O‘zbekistonda gender tenglik va ayollarning jamiyatdagi roliga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva ta’kidlaydiki, "Xotin-qizlar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash mamlakat taraqqiyotining asosiy elementi, shuningdek, tinchlik va barqarorlikka erishish poydevori hisoblanadi."
Global Textile kompaniyasi ushbu qadriyatlarga to‘liq qo‘shiladi va ayollar salohiyatini rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlaydi. "Xotin-qizlarni tarbiyalash - xalqni tarbiyalash" tamoyiliga amal qilgan holda, biz xodimlarimizning ta’lim olishi va kasbiy o‘sishi uchun sharoit yaratmoqdamiz.
Kompaniyamiz ayollari ma’muriy-boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarida, shuningdek, tezkor boshqaruv bo‘limlarida o‘zlarini muvaffaqiyatli namoyon etmoqdalar.
Biz paxta-to‘qimachilik sanoatida xotin-qizlarning rolini oshirish, ularni sohaning muhim ishtirokchilari va yetakchilariga aylantirish uchun gender muvozanatini mustahkamlashga qaratilgan dasturlarni kengaytirishda davom etmoqdamiz.