Workshop
15/12/2025

Bugun Global Textile kompaniyasining agro yo‘nalishida yil yakunlari va o‘tgan mavsum tahliliga bag‘ishlangan workshop bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida biz erkin va ochiq muloqot muhitida natijalarni muhokama qildik, fermerlar va agronomlarning fikrlarini tingladik, dala jarayonlaridagi asosiy muammolarni tahlil qildik hamda kelgusi mavsum uchun birgalikda yechimlar belgilab oldik. Workshop jonli suhbat va ishtirokchilarning amaliy tajribasiga asoslangan holda tashkil etildi.
Muhokamalar jarayonida rivojlanish uchun yo‘nalishlar aniqlandi, muammoli nuqtalar qayd etildi va keyingi ishlar uchun ustuvor vazifalar shakllantirildi. Bunday yondashuv mavsum tajribasini aniq va samarali qadamlar bilan davom ettirishga xizmat qiladi.
Workshopda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga ochiq muloqot va faol ishtiroklari uchun minnatdorlik bildiramiz. Uchrashuv davomida bildirilgan fikr va xulosalar kelgusi mavsumda yanada asosli va barqaror qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.