11-yanvar – butun dunyo "rahmat" so‘zini aytadigan kun!
10/01/2025

Bu so‘z odamlarni birlashtiradi, ilhomlantiradi va qalblarni iliqlik bilan to‘ldiradi.
"Rahmat" aytish – bu shunchaki odob-axloq qoidalariga rioya qilish emas. Samimiy minnatdorchilik bildirish – bu boshqalarning harakatlariga hurmat bildirish va ularning mehnati qadrlanganini ko‘rsatishdir. Minnatdorchilik odamlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi, kayfiyatni ko‘taradi va samimiylik muhitini yaratadi.
Bugun biz Global Textile kompaniyasini yanada yaxshiroq qilayotgan barcha insonlarga – mijozlarimizga, hamkorlarimizga va, albatta, aziz xodimlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz. Sizning mehnatingiz, sadoqatingiz va yordamingiz – barcha yutuqlarimizning asosi.
"Rahmat..." aksiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz. Izohlarda chin qalbdan "rahmat" aytmoqchi bo‘lgan insonlaringizga minnatdorchilik so‘zlarini ulashing!