Izlash

Global Textile’ga 11 yil

14/05/2026

Global Textile’ga 11 yil

11 yil oldin Global Textile Toshkentdagi kichik jamoa sifatida o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Bugungi kunda kompaniya O‘zbekistonning 3 viloyati va 8 tumanida faoliyat yuritmoqda, 7200 nafardan ortiq xodimni birlashtiradi, 75 ming gektar maydonda agrar yo‘nalishda ish olib boradi hamda paxtadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish klaster tizimini shakllantirgan.

11 yil davomida kompaniya minglab ish o‘rinlarini yaratdi, ko‘plab oilalar uchun barqaror daromad manbaiga aylandi, hududlardagi insonlar uchun yangi imkoniyatlar ochdi va xodimlarning professional rivojlanish tizimini shakllantirdi.

Ko‘pchilik uchun Global Textile’dagi ish professional faoliyatning boshlanishi, kasb egallash va kelajakka ishonch bilan qarash imkoniga aylandi.

Shu yillar davomida kompaniya davlatga 530 milliard so‘mdan ortiq soliq va ajratmalar to‘ladi. Bu iqtisodiyot, bandlik va ijtimoiy infratuzilma rivojiga qo‘shilgan hissadir.

Bugungi kunda Global Textile mamlakat sanoat salohiyati, hududlar rivoji va sohaning kadrlar kelajagiga hissa qo‘shayotgan yirik ishlab chiqarish va professional ekotizimga aylangan.

Oldinda esa hali ko‘plab vazifalar, maqsadlar va yangi rivojlanish bosqichlari turibdi.