12-avgust Xalqaro yoshlar kuni
12/08/2025

Bu kun butun dunyoda kelajakni shakllantiradigan avlodga e’tibor qaratiladi
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p yosh aholi Osiyoda yasharkan - bu 30 yoshgacha bo‘lgan 754 million odam demakdir.
Global Textile yosh avlodni rivojlantirish va ularning salohiyatini yuzaga chiqarishga katta ahamiyat beradi. Shu maqsadda bugun biz korxonamizda Janubiy Koreyadan kelgan iqtidorli talabalarni qabul qildik
Uchrashuv samimiy muhitda o‘tdi: mehmonlar korxonamiz faoliyati bilan tanishdi, ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘rdi va O‘zbekistondagi zamonaviy to‘qimachilik haqida ko‘proq ma’lumot oldi
Yoshlarning faol ishtiroki va qiziquvchanligi ana shunday uchrashuvlarda mamlakatlarni birlashtiradi va hamkorlik ufqlarini kengaytiradi