Izlash

12-iyun — Bolalar mehnatiga qarshi kurashning Butunjahon kuni

12/06/2025

12-iyun — Bolalar mehnatiga qarshi kurashning Butunjahon kuni

Bolalik — bu mehnat emas. Bu dalada yoki tsexda ishlash emas.

Biz — kattalarmiz. Va aynan biz bolalarning maktabga borishi, o‘yin o‘ynashi, g‘amxo‘rlik va himoyaga ega bo‘lishi uchun mas’ulmiz.

To‘qimachilik sohasida, ayniqsa agrar iqtisodiyotga ega davlatlarda bolalar mehnati yillar davomida og‘riqli mavzu bo‘lib kelgan. O‘zbekiston bu yo‘lni bosib o‘tdi. Og‘ir bo‘ldi, lekin natija — bolalar mehnatining to‘liq yo‘q qilinishi — Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan tasdiqlandi.

Biz, xususiy sektor vakillari, buni har kuni ko‘rib turibmiz:
bugun dalalarda shartnoma asosida ishlovchi kattalar mehnat qilmoqda. Bolalar esa — maktabda. Bu esa endilikda odatiy holga aylandi.

Bu o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan kelmagan. Bu — islohotlar, qat’iy qarorlar, nazorat va ongli tanlovlar natijasi.

Bugungi sana bizga shuni eslatadi:
har bir svitshot, ko‘ylak yoki futbolkaning ortida bolaning qo‘li bo‘lmasligi kerak. Chunki kattalar mehnati — bolalikni himoya qilishi kerak, uni tortib olmasligi kerak.