150 faol kun
06/01/2026

Yilning dastlabki oylarida Global Textile agroyo‘nalishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan davr boshlanadi. Jamoa ichida biz bu bosqichni “150 faolkun” deb belgilaganmiz - bu biz ongli ravishda tanlagan ichki yo‘nalish bo‘lib, aynan shu vaqt paxta va bug‘doyning kelgusi hosili sifati va natijasiga katta ta’sir ko‘rsatishini yaxshi tushunamiz.
Bu davrda agronomlarimiz va mutaxassislarimiz mavsumning eng muhim vazifalariga e’tibor qiladilar. Xo‘jaliklarda bug‘doy yetishtirish bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazilib, joylarda ekinlarning holati baholanadi va aniq agrotexnik qarorlar qabul qilinadi. Asosiy e’tibor sug‘orish jarayonlariga, irrigatsiya va drenaj tizimlarining holatiga, suv va o‘g‘itlardan oqilona foydalanishga, shuningdek kasallik va zararkunandalarning oldini olishga qaratiladi. Shu bilan birga mutaxassislarni o‘qitish, texnikani ta’mirlash va yangilash, irrigatsiya infratuzilmasini tiklash ishlari ham olib borilmoqda.
Aynan shu davrda biz barcha kuch va resurslarni safarbar etib, sifatli o‘zgarishlarga erishish va barqaror hosil uchun mustahkam poydevor yaratishga intilamiz.