Izlash

2022-yil 16-sentabrda Youngone korporatsiyasi Koreya Respublikasi delegatsiyasi Global Textile kompaniyalar guruhi korxonalariga tashrif buyurdi

2022-yil 16-sentabrda Youngone korporatsiyasi Prezidenti va asoschisi janob Sung Ki Xak boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi Global Textile kompaniyalar guruhi korxonalariga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tashrifi “Fergana Global Textile” to‘qimachilik majmuasidan boshlandi va “Global Textile” kompaniyasi rahbariyati tomonidan taqdimot o‘tkazilib, mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimotdan so‘ng muloqot chog‘ida hamkorlik va tajriba almashish bo‘yicha qator masalalar muhokama qilindi, 2023-2024-yillarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma investitsiya loyihalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Youngone korporatsiyasi 1974-yilda Koreya Respublikasining Seongnam shahrida tashkil etilgan bo'lib, sport kiyimlari, to‘qimachilik, poyabzal va uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi korxonalrdan biri hisoblanadi.

Mehmonlar uchun to‘qimachilik klasterimiz bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi – mehmonlar loyihaning ko‘lami va innovatsion fabrikalar yaratishga bo'lgan o'ziga hos yondashuvini yuqori baholadilar. Shuningdek, Global Textile rahbariyati va Koreya delegatsiyasi Global Textile Infinity to'qimachilik majmuasiga tashrif buyurdi. Uchrashuv so‘ngida tomonlar esdalik sovg‘alari bilan bo'lishdilar va keyingi safar Koreyadagi Youngone korporatsiyasi bosh ofisida uchrashishga kelishib oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlarimizda kelgusidagi hamkorlik va rejalar haqida sizni xabardor qilishda davom etamiz.

2022-yil 16-sentabrda Youngone korporatsiyasi Koreya Respublikasi delegatsiyasi Global Textile kompaniyalar guruhi korxonalariga tashrif buyurdi