Birinchi marotaba 1973-yilda o‘tkazilgan bayram, ekologik muammolar, jumladan, dengiz muhitini ifloslanishi, aholining ko‘payib ketishi, global iqlim haroratining ko‘tarilishi, barqaror rivojlanish va yovvoyi tabiatga nisbatan jinoyatlar to‘g‘risida xabardorlikni oshirish uchun platformaga aylangan.
2023-yil plastik chiqindilar bilan ifloslanish muammosining yechimini topishga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, bizning hududimizda suv manbalarining kamayib ketishi eng dolzarb masalaga aylanib qoldi. Global Textile barqaror rivojlanish siyosatiga ko‘ra, suv manbalarini saqlab qolish uchun qator choralar ko‘rilmoqda.
Yer sayyoramizni asrang. U yagonadir.