Izlash

50 kunlik mas’uliyat davri

10/07/2025

50 kunlik mas’uliyat davri

Iyul oyida paxta uchun eng muhim bosqich boshlanadi. Aynan shu davrda o‘simlik o‘sishning yakuniy fazasiga kiradi, va har bir agrotexnik qaror — tolalarning sifati, uzunligi hamda bir xilligiga bevosita ta’sir qiladi.

Global Textile rahbari Muzaffar Razakov ayni paytda hududlarga borib, dalalarni ko‘zdan kechirmoqda, ijrochilar bilan uchrashmoqda va ishlar qanday olib borilayotganini bevosita joyida nazorat qilmoqda. Bu esa vaziyatni aniq baholash va tezkor qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Shu bilan birga, viloyat hokimligi va mahalliy boshqaruv organlari bilan hamkorlikda ishchi uchrashuvlar o‘tkazilmoqda, barcha jarayonlar har tomonlama muvofiqlashtirilmoqda.

Bugungi e’tibor, ertangi hosil sifati va barqaror natijaning asosi.