5.000 ekspertlar

Yaqinda biz Instagram kanalimizda 5.000 obunachini nishonlagan edik. Ammo biz uchun bundan ham muhimroq bo‘lgan natija bor - bu Global Textile agro-yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan katta jamoamiz. Bu - minglab hikoyalar, oilalar va taqdirlar. Ular har kuni Global Textile’dagi muvaffaqiyat bilim, tajriba va fidoyilik ustiga qurilganini isbotlaydi.

Agro-loyihamizga tasodifiy odamlar emas, balki o‘z sohasida yetuk mutaxassislar kelgan. Bu yerda xorijda o‘qib malakasini oshirgan, jiddiy saralashdan o‘tgan va mehnati bilan sifat mezonini yuksaltirayotgan insonlar.

Global Textile - bu kelajakka qarab dadil qadam tashlayotgan professionallar jamoasi.
Va ularning har biri bizning katta ishonchimiz va faxrimizdir.