Izlash

Agrar sohani rivojlantirib, ufqlarni kengaytiryapmiz

Yangi agro-loyihamiz Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida faol rivojlanmoqda. Uning doirasida biz pudratchilar – ishonchli hamkorlarimiz uchun seminarlar o'tkazmoqdamiz. Ular kontur sug‘orish usullari, dalalarni ishlov berish, ariqlarni parvarish qilish va daraxtlarga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha bilim va tajriba oshirmoqda.  

Shu bilan birga, hamkorlarimiz Farg‘ona viloyatida Global Textile'ning vertikal integratsiyalangan ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishmoqda. Bu ularga nafaqat biznesimiz miqyosini va xususiyatlarini chuqurroq tushunishga, balki o‘z mehnatlarining ushbu jarayonlardagi muhim o‘rnini ko‘rishga yordam beradi.  

Ushbu tashabbuslar umumiy sa’y-harakatlarimizni birlashtirib, ish samaradorligini oshiradi va natijani yanada sezilarli qiladi.