Agronomlar tashrifi
05/02/2026

Global Textile’da biz doimo: kuchli kompaniya o‘z ishining mazmunini tushunadigan insonlardan boshlanadi deb ta'kidlab kelamiz.
Agro yo‘nalishda ishlayotgan xodimlarimiz va hamkorlarimiz ish safari bilan Farg‘onadagi zavodlarimizga tashrif buyurishdi. Bunday tashriflarni biz muntazam ravishda tashkil qilamiz, chunki har bir xodim umumiy jarayondagi o‘z hissasini his qilishi muhim. Safar davomida ular Global Textile’ning: paxta dalalaridan boshlab, zamonaviy ishlab chiqarish liniyalarida tayyor trikotaj mahsulotlari yaratilishigacha bo'lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonini ko‘rishdi.
Jarayonni ichidan ko‘rib, har bir bosqichdagi mehnat qanchalik muhim ekani va har bir inson qanchalik katta tizimning bir qismi ekanini yanada chuqurroq anglash imkoni bo‘ldi.
Global Textile’da sifat va yondashuv paxta dalalaridan boshlanadi va butun ishlab chiqarish yo‘li davomida davom etadi. Biz jarayonlarni, kompaniya qadriyatlarini va umumiy maqsadni tushunish kuchli mahsulot va mustahkam jamoani yaratadi, deb hisoblaymiz.