An’ana rivojlanishga yetaklaydi
27/01/2025


Biz Global Textile kompaniyalar guruhi rahbarlarining uchinchi yillik yig‘ilishini o‘tkazdik. Bu bizning korporativ madaniyatimizning bir qismi bo‘lib, unda yil yakunlarini sarhisob qilamiz, xatolardan saboq olamiz va barcha yo‘nalishlar va loyihalar bo‘yicha "soatlarni moslaymiz". Shu bilan birga, kelgusi yil uchun maqsadlarni belgilab olamiz. Bunday uchrashuvlar tajriba almashish, yangi yechimlar topish va aniq rivojlanish strategiyasini shakllantirishga yordam beradi.
Xodimlar kompaniyamizning asosiy kuchi bo‘lib qolmoqda. Ularning mehnati, g‘oyalari va jamoaviy birligi qo‘yilgan maqsadlarga erishish va oldinga ishonch bilan harakat qilishga imkon yaratadi.
2025-yil barcha qiyinchiliklarni yangi imkoniyatlarga aylantiradigan, yirik loyihalarni amalga oshiradigan va xalqaro miqyosdagi ishtirokimizni mustahkamlaydigan yil bo‘ladi. Yangiliklarimizni kuzatib boring, oldinda sizni ko‘plab qiziqarli voqealar kutmoqda!