Bandlik va rivojlanish mavzusidagi ochiq muloqot
30/05/2025



Jahon banki tashabbusi bilan tashkil etilgan konferensiya doirasida O‘zbekistonda bandlikni kengaytirish va ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.
Global Textile mazkur tadbirda ishtirok etib, biznes vakillari, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda mavjud muammolar va iqtisodiy o‘sish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Muhokamalarda kadrlar tayyorlash sifati, ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlar va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalari ko‘tarildi.
Bunday muloqot maydonchalari vaziyatga har tomonlama yondashishga, turli sektorlar vakillari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.