Izlash

BCI davra suhbati

20/11/2025

BCI davra suhbati

Bugun O‘zbekistonda barqaror paxtachilikni rivojlantirishga qiziqqan mutaxassislar, hamkorlar va soha yetakchilarini bir joyga to‘plagan Better Cotton Initiative tomonidan tashkil etilgan “O‘zgarishlar nuri: o‘tmishdagi yukdan hozirgi ehtiyojlar va umumiy kelajak sari” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari orasida BCI Standartlar va tizimlar bo‘yicha katta direktori janob Yannis Bellinghausen ham bor edi. U bilan tizimli masalalarni bevosita muhokama qilish va barqarorlik standartlarini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashish imkoniyatidan mamnun bo‘ldik.

Global Textile bosh direktori va Yengil sanoat kengashi raisi Muzaffar Razakov o‘zining kirish nutqida:


Har bir dastur, har bir BCI forumi — o‘ziga xos “kompas”. Bugungi uchrashuv esa butun tizim — paxta dalasidan brendgacha — bir ritmda harakatlanishi uchun yana bir imkoniyat

Davra suhbatida ishtirokchilar yaqinda Braziliyaga uyushtirilgan tashrifdan olingan tajribalar bilan bo‘lishdilar, u yerdagi paxta yetishtirish usullari va fermerlar faoliyat yuritadigan sharoitlar haqida gapirdilar. Qaysi tajribalar O‘zbekiston paxta zanjiri uchun foydali bo‘lishi va ularni mahalliy sharoitga qanday moslashtirish mumkinligi muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar sohaning hozirgi va avvalgi muammolarini belgilagan, shuningdek kelajakdan kutilyotgan natijalarni muhokama qilgan amaliy seminar ham tashkil etildi.

Uchrashuv yakunida barqaror va zamonaviy paxta-sanoat tizimini rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab beruvchi memorandum va yo‘l xaritasi imzolandi.