Izlash

BCI muvofiqlik standartlarini o‘zlashtirmoqdamiz!

24/02/2025

Global Textile kompaniyasi malaka oshirish va barqaror paxtachilikning ilg‘or standartlarini joriy etishda davom etmoqda! Xodimlarimiz BCI dasturi doirasida yangi muvofiqlik sertifikatsiyasi standarti va o‘z-o‘zini baholash jarayoni bo‘yicha seminar-treningda ishtirok etdilar.

Tadbir bizga sertifikatsiyaning yangi talablari bilan batafsil tanishish va barqaror paxtachilik bo‘yicha bilimlarimizni mustahkamlash imkonini berdi.

BCI sertifikatiga ega bo‘lgan holda, biz mas’uliyatli ishlab chiqarishni rivojlantirish va xalqaro standartlarga mos kelish orqali yanada ekologik barqaror kelajak yaratishda davom etamiz!