Better Cotton
08/10/2025

Better Cotton yangi mahsulot yorlig‘ini taqdim etdi — bu butun soha uchun muhim qadam. Endi xaridorlar maxsus belgi orqalipaxtaning manbai va uning daladan yakuniy mahsulotgacha bo‘lgan yo‘li mas’uliyat hamda shaffoflik tamoyillariga mos boshqarilganini osonroq anglay oladi.
Bu yangilik brendlar uchun ishonchli muloqot imkonini yaratadi: xomashyoning kelib chiqishi tasdiqlanganda, xaridor ishonchi mustahkamlanadi. Ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mehnatining haqiqiy standartlarini ochiq ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Global Textile bu yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz Better Cotton tamoyillari asosida ishlaymiz va jarayonlarni shunday yo‘lga qo‘yamizki, hamkorlar mahsulot qayerda va qanday sharoitda yaratilganini bosqichma-bosqich tushunib boradilar. Shaffoflik ishonchni kuchaytiradi, kuchli ishonch esa uzoq muddatli hamkorlikning poydevori bo‘ladi.
To‘qimachilik dunyosi tez o‘zgarayapti. Biz ham bu o‘zgarishlar bilan hamnafas yurayapmiz.