Izlash

Bir qadam oldinda

Global Textile kompaniyalar guruhi top menejerlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2022-yil bo‘yicha natijalari yakunlanib, 2023-yil uchun byudjet va qo‘yilgan maqsadlar to‘g‘risida taqdimot qilindi.

Global Textile kompaniyalar guruhi rahbari M. Razakov ta’kidlaganidek, joriy yil biz uchun katta ahamiyatga ega. Uchko'prik Global Textile va Markaziy Osiyodagi eng yirik tekstil kompleksi bo‘lgan Global Textile Infinity ulkan loyihalarining ishga tushirilishi kompaniyaning pozitsiyalarini mustahkamlashga va mahalliy tekstil sohasini yangi darajaga ko‘tarishga zamin yaratadi.

Barqaror rivojlanish masalalariga, ya’ni “yashil texnologiyalarni” joriy qilish, ishchilarni ijtimoiy himoya qilish, boshqaruv va ishlab chiqarishni takomillashtirish jihatlariga ham jiddiy e’tibor qaratiladi. Asosiy urg‘u xodimlarning shaxsiy va professional o‘sishiga beriladi.

Maqsadlar qo‘yildi, vazifalar belgilandi. Endi ularni amalga oshirish kerak.

Bir qadam oldinda