Izlash

Biz bahorga oshiqyapmiz!

Taqvimda fevral oyi bo‘lsa-da, Global Textile’da bahor nafasi sezilib turibdi. Biz tabiatning yangilanishini, yangi mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutmoqdamiz va yaxshi an’anaga ko‘ra, butun jamoa bo‘lib farovonlik, birdamlik va yangi tashabbuslar ramzi bo‘lgan sumalak tayyorlash uchun yig‘ildik.

Bu tadbir biz uchun shunchaki oshpazlik marosimi emas, balki jamoaviy ruhni mustahkamlovchi va kompaniyaning barcha bo‘linmalarini birlashtiruvchi muhim voqea bo‘ldi.

Sumalak tayyorlash Global Textile’ning o‘ziga xos va juda yoqimli an’anasi bo‘lib, biz uni avaylab-asrab kelmoqdamiz. Axir kompaniyaning haqiqiy kuchi uning birdamligi, qo‘llab-quvvatlashi va hamjihatligida-ku!