Bugun dunyo Xalqaro ta’lim kunini nishonlamoqda!
24/01/2025


Global Textile ta’lim professional muvaffaqiyatga erishishda muhim rol o‘ynashiga ishonadi. Biz yoshlarga o‘z salohiyatini ochish va rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida ularga yangi imkoniyatlar yaratishga intilamiz.
Avval aytib o‘tganimizdek, bizda xalqaro amaliyot doirasida qiziqarli tajriba bo‘ldi – Germaniyaning Albstadt-Sigmaringen universitetining 4-kurs talabasi Maksimilian Guemto bizda stajirovka o‘tdi. Uch oy davomida u to‘qimachilik ishlab chiqarish jarayonlariga chuqur kirib bordi, va olgan bilimlariga asoslangan diplom ishi professori tomonidan eng yuqori bahoga loyiq deb topildi.
Bunday hikoyalar bizni yoshlarga sarmoya kiritishda davom etishga ilhomlantiradi. Ushbu kunda biz barchani ta’limni qadrlashga va bilim olishga intilishga chorlaymiz, chunki bilimlar kelajakdagi muvaffaqiyat eshiklarini ochadi.