Bugun paxtaning holati nihoyatda og‘ir.
16/07/2025

Qurg‘oqchilik, qizib ketgan yer va deyarli butunlay yo‘qolgan suv. Dalalar chanqoqdan yorilib ketgan, odatdagi manbalar esa yetarli emas.
Bu yilgi hosil biz uchun juda muhim. Chunki bu o‘z yerini yurakdan sevuvchi, hosilni orziqib kutayotgan pudratchilarimizning mehnati. Ular fidokorona ishladi va hosilsiz qolmasligi kerak.
Shu sababli Global Textile vaziyat yaxshilanishini kutmayapti, biz harakat qilyapmiz.
Eski nasoslar ta’mirlandi, yangi texnika sotib olindi. Biz suvni imkon boricha har tomondan olib kelyapmiz: ko‘llardan, oqova suv havzalaridan, hatto qo‘shni davlatlardan ham.
Paxta yaxshi hosil berishi uchun kamida besh marta sug‘orilishi kerak.
Biz xalqimizning mehnatini qadrlaymiz, va’damizga sodiqmiz. Eng muhimi, har bir odamning mehnati zoye ketmasligi uchun bor kuchimizni beramiz.