Izlash

Bundestag delegatsiyasining Global Textile kompaniyasiga tashrifi

24/10/2025

Bundestag delegatsiyasining Global Textile kompaniyasiga tashrifi

Bugun Toshkentdagi Global Textile korxonamizda Germaniya Bundestagi Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va mintaqaviy rivojlanish qo‘mitasi delegatsiyasini, qo‘mita raisi Hermann Färber boshchiligida, qabul qildik.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston to‘qimachilik klasteri modelining o‘ziga xosligi, yetkazib berish zanjirining shaffofligi, paxta yetishtirishdagi barqaror amaliyotlar, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda ishlab chiqarishning zamonaviylashuvi — daladan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayon haqida fikr almashdik.

Bu tashrif biz uchun O‘zbekiston to‘qimachilik sohasida kechayotgan o‘zgarishlarga va Global Textile kompaniyasining tanlagan yo‘liga bo‘lgan ishonchning muhim belgisi hisoblanadi: o‘z xomashyosi, to‘liq kuzatuv tizimi, laboratoriya nazorati va ESG yondashuvi — bizning kundalik ish standartimizdir.

Tashrifni tashkil etishda ko‘mak bergani uchun Germaniya Elchixonasiga minnatdorchilik bildiramiz.
Kelgusida ham kasbiy muloqot va qo‘shma loyihalarga ochiqmiz.