Izlash

Global Textile Caspian Agro 2026 ko‘rgazmasida: O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi

05/05/2026

Baku shahrida (Ozarbayjon) Caspian Agro 2026 xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda — bu qishloq xo‘jaligi va zamonaviy agrotexnologiyalarga bag‘ishlangan mintaqadagi yirik maydonlardan biridir. Unda 45 ta davlatdan 450 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.

Global Textile ko‘rgazmada biznining ozarbayjonlik hamkorimiz Azərşeker bilan birga qatnashmoqda. Biz Ozarbayjonda paxta to‘qimachilik klasterini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihani taqdim etmoqdamiz.

Loyiha O‘zbekistonda o‘z samaradorligini isbotlagan model asosida qurilgan va bugungi kunda Ozarbayjonda klasterni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Caspian Agro mintaqadagi muhim maydonlardan biri bo‘lib, bu yerda soha vakillari o‘zaro muloqot qiladi va tajriba almashadi.