Ehtiyot bo'ling, qalbaki!
20/01/2025

Kuzatishlarimizga ko‘ra, qutilarimiz dizaynini nusxalash holatlari paydo bo‘ldi. Bir tomondan, bizga o‘xshashga intilishlari quvontiradi. Ammo boshqa tomondan, sizning ishonchingizni saqlab qolish biz uchun juda muhim, chunki nusxalar biz faxrlanadigan sifatni kafolatlay olmaydi.
Shu sababli biz yangi tekshirish tizimini joriy qilmoqdamiz:
1. Qutidagi QR-kodni mobil telefoningiz yordamida skanerlab, batafsil ko‘rsatmalar bilan rasmiy veb-saytimizga o‘ting.
2. Keyin qutidagi etiketkaga joylashtirilgan qo‘shimcha QR-kodni skanerlang.
3. Siz mahsulot haqida to‘liq ma’lumot olasiz: nomi, soni, vazni, ishlab chiqarilgan va qadoqlangan sanasi.
E’tibor bering: har bir quti o‘ziga xos 6 xonali raqamga ega. Agar raqamlar takrorlansa, bu ehtiyot bo‘lish uchun sababdir.
Har doim mahsulotlarimiz haqiqiyligini tekshirishni unutmang. Chunki sizning ishonchingiz — bizning asosiy qadriyatimiz.
Shunga qaramay… agar bizni nusxalashayotgan bo‘lsa, demak, biz haqiqatan ham standartni belgilayapmiz!
Global Textile ni tanlaganingiz uchun rahmat!